Toshkent viloyatida "Qizlar ovozi” klubi tashkil etildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Qizlar ovozi” forumi o’tkazildi. Unda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo’limi boshlig’i Gulchehra Ashurova, Toshkent viloyati “Oila” ilmiy-amaliy markazi vakili Farida Ahunova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi o’rinbosari Dilrabo Jumanovalar ishtirok etdi.

Ushbu viloyatda ham 30 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlarning taklif va istaklarini o’rganish, muammolarini aniqlash va jamiyatda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Qizlar ovozi” klubi tashkil etilib, tadbirda ishtirok etayotgan qizlar orasidan “Qizlar ovozi” klubining raisi saylandi. 3 nafar bilimli va tashabbuskor, har tomonlama viloyat yoshlariga o’rnak bo’la oladigan qizlar orasidan Nurafshon shahar 9-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi Muazzam Muhtorova “Qizlar ovozi” klubi raisi etib saylandi.

Shuningdek, uchrashuv va muloqotlar jarayonida faol ishtirok etgan, o’z shaxsiy fikriga, keng dunyoqarashiga ega bo’lgan qizlardan iborat koordinatorlar ham saralab olindi.