Oliy ta'lim muassasalari Boshlang'ich tashkilotlari yoshlar yetakchilari forumi boshlandi.

25-noyabr kuni Oliy ta'lim muassasalari Boshlang'ich tashkilotlari yoshlar yetakchilari forumi boshlandi. Unda tashkilot rahbariyati, talaba yoshlar va volontyorlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, volontyorlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining Boshlang‘ich tashkilotlari Yoshlar yetakchilaridan iborat 150 nafarga yaqin yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar dastlabki kun O'zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa'dullayev bilan uchrashdi. Ushbu forum yoshlar yetakchilarini mustaqil fikrlash, talaba yoshlar bilan faol ishlashga o'rgatish, yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirish va ularning siyosiy yetakchiligini ta’minlash maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etildi.