Namanganda “Qizlar ovozi” forumi bo'lib o'tdi

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan hududlarda xotin-qizlar orasidagi mavjud muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, siyosiy faolligini oshirish maqsadida “Qizlar ovozi” forumi tashkil etilmoqda. Аna shunday betakror anjumanlardan biri kecha Namangan shahrida oʼtkazildi. Unda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Yosh oilalar va xotin-qizlar bilan ishlash boʼlim boshligʼi Gulchehra Аshurova, Namangan shahar xotin-qizlar qoʼmitasi raisi Nigora Abdullayeva, viloyat "Oila ilmiy-amaliy markazi" rahbari Mo'tabarxon Maqsudova, viloyat "Ona va bola" skrining markazi rahbari Matluba Jamilova, Namangan shahridagi 26-sonli mehribonlik uyi direktori Dilobar Abdurahimova hamda oʼquvchi-yoshlar va OАV xodimlari ishtirok etdi.

“Qizlar ovozi” forumini Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi Abdulaziz Muminov ochib berdi. Shuningdek, qizlarga ibrat tariqasida namoyish etilgan videoroliklar forum ishtirokchilariga oʼzgacha kayfiyat bagʼishladi.

Tashkil etilgan forum xotin-qizlarning muammolarini hal qilishda, ularga huquqiy va maʼnaviy jihatdan komillikga yetaklashda munosib hissa qoʼsha oldi. Forum davomida ishtirokchilarning ham taklif va muammolari tinglandi. Shuningdek, jamiyatimizda xotin-qizlarning har tomonlama faolligini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi qoshida “Qizlar ovozi” klubi tashkil etish maqsadida, forum doirasida 6 nafar iqtidorli, isteʼdodli hamda tashabbuskor qizlarning taqdimotlari tinglandi Forum ishtirokchilarining erkin ovozlari orqali Namangan davlat universitetining talabasi Zarnigor Kamolovaga “Qizlar ovozi” klubining rahbarligiga saylandi.

Forum yakunida bir qator faol ishtirok etgan qizlar hamda hamkor tashkilotlar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.