Oybek Yo'ldoshev: "Baxt - irodali insonlar bilan birga

Inson shunday qudratli kuchga egaki, uning imkoniyati cheklangan bo'lsa-da maqsadlari, chegarasiz.Irodasi, shijoati va ishonchi mustahkam inson albatta ko‘zlagan niyatiga erishadi. Sabrli, mashaqqatlardan cho‘chimaydigan, matonatli qahramonimiz Oybek Yo'ldoshev hamisha baxt yaratishga intilgan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Navoiy viloyat bo‘linmasi ko'magida Ittifoq tomonidan imtiyozli kredit olib, faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkor hozirda issiqxona tashkil etgan. U yerda halol mehnat bilan ter to'kib, oilasiga naf keltirmoqda.

- Baxtsiz hodisa tufayli 12 yil muqaddam oyoqlarimdan ajraldim. O‘sha damlarda juda og'ir ahvolga tushib qolgan edim. Ammo oilam,yaqinlarim mehri, ishonchi hamda o‘z irodam tufayli o'zimda kuch topdim. Tengdoshlarimga har qanday vaziyatda doimo olg‘a intilishini maslahat beraman. Zero, baxt - irodali insonlar bilan birga, - deydi yosh tadbirkorimiz Oybek Yo‘ldoshev.