O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xalqaro aloqa va loyihalar bo‘limi endi har oyda "TOP Davra"da xalqaro ekspertlar va yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etadi

Xalqaro miqyosda TOP tajribaga ega o‘z sohasining gurulari, mutaxassis va diplomatlar bilan ingliz tilida o‘tadigan davra suhbatlarida ishtirok eting!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xalqaro aloqa va loyihalar bo‘limi endi har oyda "TOP Davra"da xalqaro ekspertlar va yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etadi.

Ilk "TOP Davra"ning mehmonlari - Vengriyaning sobiq Moliya vaziri, Markaziy Yevropa universitetining Iqtisodiy va davlat siyosati professori Layosh Bokrosh va Xalqaro mehnat tashkilotining katta texnik maslahatchisi Yonas Astrup bilan dunyoqarashingizni TOP darajada kengaytiring!

Manzil: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

Vaqt: 14:00, 6-noyabr