“Yosh kitobxon 2019" tanloviga tayyormisiz?!
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida 2019-yilda oʻtkaziladigan “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi uchun 10-14 yosh, 15-19 yosh, 20-30 yosh toifasi doirasida oʻzbek va jahon adabiyotiga doir nodir asarlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda komissiya aʼzolari yoshkitobxon@yi.uz elektron manzili hamda +998914748241 telegram va +998998584359 telefon raqamlariga kelib tushgan takliflarni oʻrganib, muhokama qildi.
Millionlab yoshlarning sevimli tanloviga aylangan “Yosh kitobxon”ning 2019-yilgi mavsumi uchun saralab olingan kitoblar roʻyxatini tez kunlarda yi.uz saytida eʼlon qilamiz!
- Qo'shildi: 31.01.2019
- Ko'rishlar: 1807
- Chop etish