“Career Bridge” - xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar va ish beruvchilar oʻrtasidagi muloqot!

Oʻzbekistonda ilk marotaba Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar uchun “Career Bridge” loyihasi taqdim etilmoqda. “Career Bridge” - Oʻzbekistonning davlat, xususiy va xalqaro kompaniyalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotdir. Tadbir joriy yilning 16-fevral kuni soat 11:00da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida onlayn videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtadi. Unda yosh mutaxassislar Oʻzbekistonning davlat va xususiy sektorida ish beruvchilar bilan tanishishlari mumkin.

Loyihaning asosiy maqsadi nomzodlar va ish beruvchilar uchun platforma yaratishdan iborat. Videokonferensiyada Oʻzbekistonning davlat va xususiy sektorlarida ish beruvchilar tomonidan mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida batafsil maʼlumotlar berilishi, shuningdek, yosh mutaxassislarning va kompaniyalarning imkoniyatlarini va talablarini aniqlash koʻzda tutilgan. Mazkur videokonferensiyada Xitoy, Latviya, Rossiya, Turkiya va Yaponiyaning yetakchi universitetlaridagi 2000 dan ortiq bitiruvchilar ishtirok etadi.

Xorijiy mamlakatlarda taʼlim olayotgan yoshlarimizni Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining rasmiy sahifalarida jonli video muloqotda kutamiz.

Facebook: facebook.com/wayu.uz

Instagram: instagram – @wayu.uz

Jonli efir vaqti: 2019-yil 16-fevral soat 11:00 da.

Batafsil maʼlumotlar: www.wayu.uz