Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi quyidagi lavozimlar boʻyicha kadrlar zaxirasini shakllantirayotganini eʼlon qiladi!

Agar mutaxassisligingiz va malakangiz mos kelsa, siz ham hujjat topshirishingiz mumkin!

Moliya boʻlimi: — Ittifoq hamda uning tarkibiy tuzilmalari byudjetini ishlab chiqish, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va tarkibiy tuzilmalarining xarajatlar smetasini baholash, moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini olish, loyihalarning iqtisodiy koʻrsatkichlarini koʻrib chiqish, xaridlar jarayonida ishtirok etib,metodologiya masalalari bilan shugʻullanadi.

1. Boʻlim mudiri lavozimiga: — Bu lavozimga zamonaviy dunyoqarashga ega boʻlgan maʼlumoti moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasidan kam boʻlmagan, davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 10 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tilini mukammal bilishi, rus va ingliz tillarini oʻzlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi, 40 yoshdan oshmagan yetakchilik qobiliyatiga ega, adolatli va xushmuomala xodim boʻlishi lozim.

2. Boʻlim bosh mutaxassisi hamda yetakchi mutaxassis lavozimiga: —Mazkur lavozimga ham yuqorida koʻrsatilgan talablar amal qiladi. Eng asosiysi nomzod30 yoshdan oshmagan boʻlishi shart.

Buxgalteriya boʻlimi: — Hisob-kitob tizimini yuritish, davlat organlariga hisobot berish;quyi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini qabul qilish; toʻlovlarni amalga oshirish,loyiha smetalarini koʻrib chiqish hamda metodologiya masalalari bilan shugʻullanadi.

1. Markaziy Kengash bosh hisobchisi lavozimiga: — Maʼlumoti boʻyicha bakalavr darajasidan kam boʻlmagan, umumiy 10 yil va shu davr mobaynida davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarining bosh hisobchisi lavozimida 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tillarini mukammal bilishi, rus va ingliz tillarini oʻzlashtirgan,kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi talab etiladi. Nomzod 40 yoshdan oshmagan yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi shart.

2. Katta hisobchi (ish haqi boʻyicha) lavozimiga: —Maʼlumoti boʻyicha bakalavr darajasidan kam boʻlmagan, davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida hisobchi lavozimida 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tilini mukammal bilishi, rus va ingliz tillarini oʻzlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi, 30 yoshdan oshmagan, boʻlishi talab etiladi.

3. Yetakchi hisobchi (materiallar boʻyicha): — Maʼlumoti boʻyicha oʻrta maxsus darajasidan kam boʻlmagan, -davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida hisobchi lavozimida 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarini oʻzlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi hamda30 yoshdan oshmagan, boʻlishi lozim.

Moliyaviy xarajatlarni monitoring qilish guruhi: — Yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va toʻlov hujjatlarini toʻgʻriligi nazoratini yuritishi, toʻlovni amalga oshirishni tasdiqlash, metodologiya bilan shugʻullanadi.

1. Boʻlim boshligʻi lavozimiga: — Maʼlumoti moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasidan kam boʻlmagan, davlat idoralari, Moliya Vazirligi Gʻaznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 10 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarini oʻzlashtirgan,kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi, - 40 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim.

2. Bosh mutaxassis lavozimiga: —Maʼlumoti moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasidan kam boʻlmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarini oʻzlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi, 30 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim.

3. Yetakchi mutaxassis lavozimiga: — Maʼlumoti moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasidan kam boʻlmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, - oʻzbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarini oʻzlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarni bilishi, - 30 yoshdan oshmagan, adolatli va xushmuomala xodim boʻlishi lozim.

Xaridlar boʻlimi —Ittifoq tizimlari va quyi kengashlarining tovar-moddiy boyliklar (ishlar, xizmatlar)ga boʻlgan ehtiyojini oʻrganadi hamda takliflar ishlab chiqadi; - Apparat va Ittifoq tizimlari ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan tovar-moddiy boyliklar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilish hamda metodologiya masalalari bilan shugʻullanadi.

1. Boʻlim mudir lavozimi: — Maʼlumoti moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasidan kam boʻlmagan, davlat idoralari, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv, iqtisodiyot va savdo yoki xaridlar sohasida 10 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga egaligi, - oʻzbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarini oʻzlashtirgan, - kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C, Oʻzbekiston Respublika Tovar xomashyo birjasining elektron xaridlar boʻyicha kompyuter dasturlarini va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi, 40 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim.

2. Bosh mutaxassis lavozimi: —Maʼlumoti moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasidan kam boʻlmagan, davlat idoralari, Moliya Vazirligi Gʻaznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv, iqtisodiyot va savdo yoki xaridlar sohasida 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tilini mukammal bilishi, xorijiy tillarni oʻzlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya, Oʻzbekiston Respublika Tovar xomashyo birjasining elektron xaridlar boʻyicha kompyuter dasturlarini va boshqa buxgalteriya dasutrlarini bilishi,30 yoshdan oshmagan, adolatli va hushmuomala xodim boʻlishligi lozim.

3. Yetakchi mutaxassis: — Maʼlumoti moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasidan kam boʻlmagan; - davlat idoralari, Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv, iqtisodiyot va savdo yoki xaridlar sohasida 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega, oʻzbek tilini mukammal bilishi, rus va ingliz tillarini oʻzlashtirgan, kompyuter savodxonligi: MS Word, Exel, Project, 1C Buxgalteriya, Oʻzbekiston Respublika Tovar xomashyo birjasining elektron xaridlar boʻyicha kompyuter dasturlarini va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilishi, 30 yoshdan oshmagan, adolatli va xushmuomala xodim boʻlishligi lozim.
Kadrlar zaxirasidan oʻrin olishni istagan nomzodlar (+99899) 858-43-17 telefon raqami, (+99899) 858-44-13 telegram raqami yoki monitoring@yoshlarittifoqi.uz elektron pochtasi orqali suhbatga yoziladi.

Nomzodlardan: — Maʼlumotnoma (obyektivka), pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, mehnatga haq toʻlash – davlat organi darajasida. Suhbat davomida qoʻshimchalar va qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlari muhokama qilinadi.

Ish tartibi: Dushanbadan Jumagacha, 9:00 dan 18:00 gacha.