Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yangi loyihaga start bermoqda

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yangi loyihaga start bermoqda. Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida futbol, basketbol, stol tennisi, badminton hamda trenajyorlar bilan shugʻullanish sharoitiga ega zamonaviy ochiq sport maydonlari quriladi.

Siz xususiy investor sifatida mazkur loyihada ishtirok etib, imtiyozli kreditlardan foydalanishingiz mumkin. Obyektlarning qurilishi uchun pudrat shartnomalarini tanlov asosida qoʻlga kiriting. Buning uchun Elektron birjaning korporativ xarid qismini kuzatib boring.

Batafsil maʼlumotlarni (+998) 99 898-89-71 +(998) 99 873-00-09 telefoni raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.