Vebinarlarning 2019-yilgi ish rejasi tasdiqlandi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan joriy yil davomida Ittifoq tizimidagi faol aʼzolar uchun siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda onlayn seminar (vebinar)lar tashkil etiladi. Mazkur vebinarlarning 2019-yilgi ish rejasi tasdiqlandi.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy, siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy savodxonligini oshirishga qaratilgan, yil davomida anʼanaviy oʻtkaziladigan videoselektor shaklidagi seminar (vebinar)lar quyidagi mavzularda oʻtkaziladi:

  • 10-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati – Shuhrat Yakubov va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-texnik instituti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi – Sherzod Zulfiqorov kabi maʼruzachilar tomonidan “Mamlakatimizda saylov qonunchiligi: kecha va bugun” mavzusida;
  • 22-yanvar kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 5-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi – Bahriddin Sultonov va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Ergash Daminov ishtirokida “Yoshlar jinoyatchiligini jilovlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish” mavzusida;
  • 19-fevral taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 12-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar komissiyasi” raisi – Kozim Tojiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar komissiyasi” aʼzosi – Rasul Kusherbayev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar klubi” boshqaruv hayʼati raisi – Ibrohim Hojiyevlar kabi maʼruzachilar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi “Yoshlar komissiyasi”, “Yoshlar klubi” faoliyatiga bir nazar” mavzusida;
  • 26-mart kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 4-aprel kuni Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi huquqshunosi – Xushnud Xudoyberdiyev va “Yosh huquqshunoslar Kengashi” raisi Bahrom Ilhomjonov kabi maʼruzachilar tomonidan “Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida;
  • 16-aprel kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 2-may kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • Kelishilgan holda Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi va Oʻzbekiston ekologik harakati vakillari ishtirokida “Mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar faoliyati” mavzusi boʻyicha;
  • 4-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi oʻrinbosari – Nuriyman Abulxasan va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari, pedagogika fanlari nomzodi – Muhammadjon Quronov tomonidan “Diniy ekstremizm, terrorizm kabi illatlar va maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusida;
  • 18-iyun kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 2-iyul kuni kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining masʼullari tomonidan “Giyohvandlik hamda ichkilikbozlikka qarshi kurashish borasida yoshlarning oʻrni” mavzusida;
  • 18-iyul kuni kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari ishtirokida “Odam savdosi, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish choralari” mavzusida;
  • 6-avgust kuni “Oila” ilmiy tadqiqotlar markazi boʻlim boshligʻi, p.f.n. – Feruza Akramova va Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari tomonidan “Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, farzand tarbiyasi” mavzusida;
  • 20-avgust kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 10 sentabr kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari ishtirokida “Yoshlarga oid davlat siyosati” toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni” mavzusida;
  • 19-sentabr kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 2-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Adliya vazirligi vakillari tomonidan “Oʻzbekistonning davlat ramzlari” mavzusida;
  • 16-oktabr kuni taklif etilgan maxsus spikerlar ishtirokida erkin mavzuda;
  • 5-noyabr kuni “Yoshlarga ijtimoiy psixologik xizmat koʻrsatish markazi” direktori – Dilfuza Shodiyeva va “Yoshlarga ijtimoiy psixologik xizmat koʻrsatish markazi” psixologi, p.f.n. – Shirinoy Mustafoyevalar tomonidan “Yoshlarning ruhiy zoʻriqishlarini oldini olish va psixologik yondashuv” mavzusida;
  • 19-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Toshkent davlat yuridik universiteti masʼullari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi taraqqiyotning kafolati” mavzusida;
  • 3-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi vakillari tomonidan “Korrupsiya - inson taraqqiyoti kushandasi” mavzusida;
  • 17-dekabr kuni kelishilgan holda siyosiy sharhlovchi – Qobilbek Karimbekov va Davlat boshqaruv akademiyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari tomonidan “Oʻzbekistonning rivojlanish bosqichlari: oʻtmish va istiqbollar” mavzusida.

Bir oyda 2 marotaba oʻtkaziluvchi mazkur vebinarlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari, yosh deputatlar hamda “Yoshlar klubi” aʼzolari qatnashadi. Yuqorida belgilangan muddatlarda rahbariyat topshirigʻi bilan boshqa tadbirlar oʻtkaziladigan boʻlsa, ushbu mavzu yuzasidan vebinar kelishilgan holda boshqa kunlarga koʻchirilishi mumkin.