Mening oʻgʻlimsiz! – Birgina shu gap kuch boʻldi men uchun

Mening oʻgʻlimsiz! – Birgina shu gap kuch boʻldi men uchun

Mening oʻgʻlimsiz! – Birgina shu gap kuch boʻldi men uchun. Aynan shu soʻzlarning egasi sabab butun umri davomida loaqal bir marta boʻlsin Toshkentga kelmagan onamning orzusi ushaldi. Olti yillik omadsizlik va ishsizlikdan soʻng, nihoyat oʻqishga kirdim. Ishlayapman ham. Togʻday berarkan-togʻday soʻrasang!
Yodimdan chiqmaydi – “Sizni Toshkentga olib ketaman, ishlaysizmi? Oʻqishga tayyorlanish uchun oʻquv kurslariga ham borasiz” deganlari. Turar joyni oʻylaganimda esa, “Shu ham muammomi? Bizga sizday kadrlar kerak, axir”- deb poytaxtga kelishim uchun hattoki yoʻlkiramni ham bergandilar. Toshkentga kelganimdan soʻng esa bir necha oy mobaynida moddiy yordam berib turdi. Buning evaziga esa birgina narsani - Vatanimni sevishimni va yurtga halol xizmat qilishimni soʻradilar, xolos.
Qahramon aka! Siz targʻibotda yurib hech boʻlmasa bir yoshni muammosini hal qilsam oʻz vazifamni bajargan boʻlaman, degan edingiz. Yaqin atrofimda siz bergan imkon, yordam tufayli oʻz olamini oʻzining olamida yaratayotgan yoshlar qator. Ularning orasida oddiygina nomi chiqmagan qishloq bolasi - men ham borman. Mening oʻgʻlimsiz- deganmidingiz? Ha, men sizning oʻgʻlingizman. Siz kamolga yetishishiga hissa, katta hissa qoʻshgan tashkilot farzandiman. Siz bilan faxrlanaman. Ishonamanki, Prezidentimiz va siz koʻmaklashayotgan millionlab yoshlar uzoq yillar faxrlanishingizga erishamiz! Ishonchingizni albatta oqlaymiz!


Islom Asilbekov.
Respublika yosh ijodkorlar kengashi mutaxassisi, 
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi