Kasbilik sportchi qiz yigirma karra Oʻzbekiston chempioni boʻldi

Kasbilik sportchi qiz yigirma karra Oʻzbekiston chempioni boʻldi

Kasbi tumani 16-maktab oʻquvchisi Barno Sayfullayeva sportning yengil atletika turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogida yana bir karra chempion boʻldi. Oʻzbekiston kubogida 180 sm balandlikka birinchi imkoniyatda oʻtib, “Sport masteri” maqomini qoʻlga kiritgan. 184 sm.ga xalqaro toifadagi sport ustasi-olimpiya oʻyinlari qatnashchisi Nadya Dusanova bilan bellashdi va birinchi urinishdayoq ustunlikni qoʻlga kiritdi. Barnoxon Sayfullayeva 20 karra Oʻzbekiston chempioni va “Sport masteri” degan nomga sazovor boʻldi.