Prezident maktabi oʻquvchisi Oxford va Cambridge universitetlari granti sohibasi boʻldi

Prezident maktabi oʻquvchisi Oxford va Cambridge universitetlari granti sohibasi boʻldi

Nukus shahridagi Prezident maktabi 11-sinf oʻquvchisi Ayzada Baymuratova “Immerse Education”  xalqaro insholar tanlovida gʻolib boʻldi. Ayzada  2022-yilda dunyoning eng nufuzli 2 ta oliy taʼlim muassasasi — Oxford hamda Cambridge universitetlarida bilim olish va yozgi taʼtilni oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, “Immerse Education” insholar tanlovi 13-18 yoshli oʻquvchilarga oʻzlari tanlagan fan va mavzuga oid savollarga asoslanib, insho yozish imkonini beradi. Gʻoliblarga grant ajratilib, xorijiy universitetlarda  bilim  olish, ekskursiyalarda qatnashish hamda sertifikat qoʻlga kiritish imkoniyati taqdim etiladi.