“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi  

    Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar Kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 1-noyabr sanasi respublikamiz Oliy taʼlim muassasalari, Ilmiy tadqiqot markazlarining bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan va mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdan oshmagan yoshlari oʻrtasida start-up, innovatsion va amaliy loyihalarini maqsadli qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarishga tatbiq etish maqsadida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi.

    “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi:

    – Ijtimoiy-gumanitar fanlar;

    – Tabiiy fanlar;

    – Aniq fanlar yoʻnalishlaridagi innovatsion loyihalarni 2018-yil 25-oktyabr kuniga qadar Toshkent shahar, Qatortol koʻchasi, Maʼmuriy hudud binosi 60 B-uy “Respublika yosh olimlar Kengashi”da qabul qiladi.

    Grant loyihasi 6 oyga moʻljallanib, tanlov natijasiga koʻra har bir gʻoliblar 10 000 000 (oʻn million soʻm) soʻm mablagʻ bilan taqdirlanadi.

  • 1. Tanlovga taqdim etiladigan hujjatlarga qoʻyiladigan talablar

    “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA.pdf

  • 2. Tanlov yoʻnalishlari boʻyicha tavsiya etiladigan mavzular tematikasi

    “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA.pdf

  • 3. “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi toʻgʻrisidagi NIZOM

     “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari”grant tanlovi toʻgʻrisidagi NIZOM.pdf