O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolash bo‘yicha

Joriy yilning 4avgust kuni “Poytaxt” biznes markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolash bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Quranbayev, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A.Burxanov, markazning bir guruh vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF 4749 sonli, 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmonlari hamda mamlakatimizda yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” da belgilangan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirilishini ta’minlash yo‘nalishidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida imzolandi.

O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va siyosiy sohalarda olib borilayotgan tizimli, uzluksiz hamda bosqichma-bosqich demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlaridagi keng ishtirokini ta’minlash, yoshlarda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish ishiga ko‘maklashish uchun, tomonlarning markaziy va joylardagi organlari, davlat boshqaruv organlari bilan ijtimoiy hamkorligini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida ushbu Memorandum muhim sanaladi.

Shuningdek, tadbir davomida Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va ahamiyati, strategiya doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarda keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlar faolligini dalzarb jihatlari va hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Savol-javoblar va muhomalardan so‘ng O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yoshlar ittifoqi Markaziy
Kengashi Axborot xizmati
Tel.: 241-02-72