Yangi va yosh O'zbekistonni yoshlar quradi!

Yangi O'zbekiston - yangi saylovlar shiori ostida o'tayotgan saylovlarda, albatta, yoshlarning faol ishtiroki ahamiyatli hisoblanadi. Yangi va yosh O'zbekistonni yoshlar quradi!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari hududiy va mahalliy kengashlari deputatligiga jami 261 nafar xodim o'z nomzodini qo'ygan.

Ularning 26 nafari Oliy Majlis, 41 nafari Xalq deputatlari hududiy kengashlari va 194 nafari esa 194 nafar xodim Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun kurashadi.

Sizningcha, yoshlar va yoshlar tashkiloti vakillari bo'lgan nomzodlar kelajakda ishni qay sohaga e'tibor qaratishdan boshlashi kerak? Fikringizni quyidagi sahifalarimizda bildiring: