Toshkent shahridagi koll-markazga kuniga 50 mingga yaqin murojaat qabul qilinmoqda

Kun.uz nashri 1197 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq bo‘lishidan boshlab xayriya mahsulotlari o‘z egasiga yetib borgungacha bo‘lgan jarayonlarni o‘rganib, qisqa lavha tayyorladi.

 Maʼlumotlar markazida yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markaziga uzatiladi.

Markaz kunlik ish faoliyati soat 9:00dan kech soat 18:00 orasida bo‘lib, shu vaqtda 50 nafar ko‘ngilli yosh qo‘ng‘iroqlarga javob bermoqda.

Har kuni Toshkent shahridan deyarli 50 ming atrofida fuqarolar murojaat qilishmoqda. Qo‘ng‘iroq egalaridan kunlik 4–4.5 ming atrofida oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa tur mahsulotlarga buyurtma olinadi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi orqali oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa tur mahsulotlar volontyorlik guruhlari yordamida oilalarga yetkaziladi.