O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Belarus yoshlar ittifoqi delegatsiyasi vakillari Xorazmda.

Delegatsiyani Urganchdagi Yoshlar markazida xorazmlik faol yoshlar kutib oldi. Ular orasida "Chegarasiz" loyihasi qahramonlaridan biri Nilufar Ahmedova mehmonlarga o‘zi faoliyat yuritadigan Inklyuziv ta'lim to‘garagi ishini ko‘rsatdi. So‘ng ikki mamlakat vakillari iste'dodli yoshlar ijrosida o‘ta ta'sirli sahnalashtirilgan "Kitob" asarini (ushbu teatr to‘garagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid 5 tashabbusi asosida faoliyat yuritmoqda) tomosha qildilar. Xorazmda qattiq sovuq bo‘lishiga qaramasdan O‘zbek - Belarus yoshlari yuqori kayfiyat va chuqur taassurot bilan safarni davom ettirmoqda.