Nurotada ishsiz yoshlar yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

"Har bir yoshga bir gektar" va "Har bir yoshga 50 sotix" loyihalari doirasida ishsiz yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Navoiy viloyatining Nurota tumanida yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida kooperativ uzumzorlar yaratilib, vaqtincha ishsiz yoshlarga zahira yerlari ajratildi. Shuningdek, 84 million so'm subsidiya mablag'lari ajratilib, quduqlar qazib berildi.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni ish bilan ta'minlashga qaratilgan loyihalar respublikamiz bo'ylab davom etmoqda.