Namanganda "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasiga rahbar tayinlandi

Islombek Ilhom o‘g‘li Qutfiddinov O‘zbekiston "Yoshlar - kelagimiz" jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrullo Sattorovning 2020 yil 2 oktyabrdagi buyrug‘i bilan jamg‘armaning Namangan viloyati filiali rahbari etib tayinlandi.

Islombek Qutfiddinov 1991-yil 29-iyul kuni Namangan shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan, mutaxassisligi iqtisodchi. O'zLiDeP a’zosi.

Mehnat faoliyatini 2011-yilda Namangan shahridagi "Vodiy yog‘och savdo" xususiy korxonasida direktor o‘rinbosarligidan boshlagan. 2015-yildan "Imron tekstil group" xususiy korxonasi direktori.

U 2018-yil 1-avgustdandan buyon "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi Namangan shahar filiali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

E’tirof etish joiz, Islombek Qutfiddinov 2017-yilda Prezident Farmoniga muvofiq, "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan.