Orziqib kutilgan onlar keldi!

"Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichi 10 - 14 yoshlilar toifasidagi bahslari o'z yakuniga yetdi.

Ushbu yosh toifasida Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan Otabek Eshpo'latov 1-o'rin va Spark avtomobiliga sazovor bo'ldi!

Faxrli 2-o'rin, samarqandlik dono kitobxon qiz Gulsanam Abdulakimovaga nasib etdi!

Yana bir faxrli - 3-o'rinni esa buxorolik oqil kitobxon Umidjon Shaxobov qo'lga kiritdi!




15 - 19 yoshlilar toifasidagi bahslari natijalariga qaraganda? ushbu yosh toifasida Qoraqalpog'iston Respublikasi sharafini himoya qilgan Shaxzoda Karimboyeva 1-o'rin va Spark avtomobiliga sazovor bo'ldi!

Faxrli 2-o'rin, buxorolik dono kitobxon qiz Farangiz Isoqovaga nasib etdi!

Yana bir faxrli - 3-o'rinni esa Toshkent viloyati vakili bo‘lgan kitobxon Nigora Asqaraliyeva qo'lga kiritdi!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi chin xazina moddiy rag'bat emas, aslida bilim olish ekanligini yana bir bor e'tirof etadi va kitobga mehr qo'ygan barcha yoshlarga ilm yo'lida shahdam qadamlar, shijoat, muvaffaqiyat tilaydi!