Sardobada "Sardorlar maktabi" tashkil etildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida sardorlar Kengashi faoliyatiga qiziquvchi yoshlarda sardorlik mahoratini oshirishva tashabbuskor yoshlar safini kengaytirish maqsadida  Sardoba tumanida "Sardorlar maktabi" tashkil etildi.

Sardorlar maktabiga 20 nafar sardorlik faoliyatiga qiziqqan yoshlar qabul qilindi. 3 oy davomida ushbu maktab o‘quvchilariga belgilangan darslar bo‘yich soha mutaxassislari, tashkilot rahbarlari, turli natijalarga erishgan yoshlar, sardorlik faoliyatidan chiqqan yosh rahbar kadrlar dars berib boradi. Sardorlar maktabining ilk darsida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Nargiza Xolbayeva ishtirok etib, sardorlar maktabi o‘quvchilariga "Sardorning kreativligi" hamda "Vaqtni to‘g‘ri boshqarish" mavzularida seminar mashg'ulotini o'tdi.

Mashg'ulotlardan so'ng "Sardorlar maktabi" a’zolariga maxsus guvohnomalar topshirildi.