Akmal Jumaboyev yangi lavozimga tayinlandi

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Jumaboyev Аkmal Murodovich Toshkent shahar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari etib tayinlandi.

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, muammolarini tizimli yechishda, iqtidor va izlanishlarini qo'llab-quvvatlashda o'zining munosib hissasini qoʼshgan Аkmal Murodovichga minnatdorlik bildiradi.

Kelgusi faoliyatida ham omad, muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.