"Yosh kitobxon" tanlovi 10-14 yosh toifasi bo'yicha respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi!

Murosasiz kurashlar va katta qiziqishlarga sabab bo'lgan tanlovning final bosqichi, so'nggi sharti bugun, Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tdi.

 Hakamlar hay'ati tomonidan eng bilimlilar orasidan munosiblari tanlab olindi. O'z olgan bilimlarini namoyon eta olgan, kitobga mehr qo'yib, yuksak marralar sari intilgan ushbu kitobxonlarni sizga tanishtirishdan mamnunmiz. Demak, kuchli uchlikka quyidagi ishtirokchilar munosib deb topilgan:

1-o'rin - Ismoilov Muhammadfozil (Farg‘ona viloyati) 378,9 ball;
2 - o'rin - Alimjanova Aynura - (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 371,6 ball
3 -o'rin - Karimov Javohir - (Xorazm viloyati) 369,9 ball. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi g'oliblarni tanlovni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan qutlaydi, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qoladi!