“Islomda ayol huquqlari” mavzuida davra suhbati o'tkazildi

Kuni kecha Musulmonlar idorasi majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlar idorasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar muammolarnini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti va Respublika yosh olimlar Kengashi bilan hamkorlikda “Islomda ayol huquqlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Yoshlar muammolarnini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti tinglovchilari va Respublika yosh olimlar Kengashining faollari, talabalar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 Qadimdan Islom diniga amal qilib kelgan xalqimizning milliy qadriyatlarida ayol zoti e’zozlanadi. Davlatimiz tomonidan ham ayollarga alohida hurmat-e’tibor ko‘rsatilib, ularni har jihatdan himoya qilib kelinmoqda.

600

Ayollarsiz hayotni,taraqqiyotni tasavvur qilib bo‘lmaydi.Ular jamiyatning yetakchi kuchlari,mohir va uddaburon murabbiylari, mehribon va oqila tarbiyachilaridir. Bugun jamiyatning deyarli hech bir muammosini, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul. Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz, eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz. Farzandni kamolga yetkazish oilaviy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan boshlanadi. Oiladagi o‘g‘il-qizlarimizning qanday insonlar bo‘lib yetishishi hammadan burun ayollarimizga bog‘liq.

Respublikamiz BMTning “Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini yo‘q qilish haqida”gi konvensiyasiga, Xalqaro mehnat tashkilotining “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi,”Mehnat va mashg‘ulotlar sohasidagi kamsitishlar to‘g‘risida”gi konvensiyalariga MDH davlatlari ichidan birinchilar qatorida qo‘shildi.Bu hujjatlar xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza qilish va ularning oiladagi va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy - huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davra suhbati O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’sul hodimlari tomonidan barcha ishtirokchilar uchun kerakli va foydali ma’ruzalar va savol javoblar orqali mazmunli o‘tdi. Suhbat yakunida faol ishtirok etgan qatnashchilar sertifikat bilan taqdirlandi.Ishtirokchilar Hasti Imom majmuasini ziyorat qilishdi.