“Yoshlar va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari: axborot iste’moli madaniyatini yuksaltirish masalalari"ga bag'ishlangan davra suhbati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF, Respublika yosh olimlar Kengashi hamda boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikda “Yoshlar va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari: axborot iste’moli madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida Jinoyat, Jinoyat-prosessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holatiga ta’sir qiladigan axborot mahsulotlarini tayyorlash, namoyish qilish va tarqatish kabi g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar kiritish; 

Hududlardagi IT-parklar hamda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

Barcha oliy ta’lim tashkilotlarida axborot-resurs markazlari bazasida mavjud darslik, o‘quv-uslubiy va boshqa qo‘llanmalar raqamli formatga o‘tkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishini ta’minlash hamda ular bo‘yicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimini joriy qilish;

Ilg‘or davlatlar tajribasi asosida ta’lim jarayonida axborot madaniyati, infoetika, mediaetika, mediata’lim kabi alohida fanlarni joriy etish;

Ayollarga va nogironlarga raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatish uchun davlat tomonidan yordam ko‘rsatish, tuman va shaharda mavjud infratuzilma ob’yektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini ochish choralarini ko‘rish;

Ota-onalarni farzandining AKTdan foydalanishlarini nazorat qilish borasida mas’uliyatini oshirish, targ‘ibot tadbirlari orqali yoshlarni axborot maydonidagi ma’lumotlar ob’yektivligiga baho berishga o‘rgatish, axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish tavsiya etildi.