Olis "Yodgor" qishlog'ida yoshlar festivali oʼtkazildi

Toʼgʼri, bu yigit-qizlar shaharda yashamaydi. Balki, qaysidir imkoniyatlari cheklangandir. Biroq, ularning orzulari, intilishlari, iqtidorlari chegara bilmaydi, hech bir tengdoshinikidan kam emas...

 Yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan hududdan 90 km uzoqlikdagi "Yodgor" qishlogʼida "Yoshlar festivali" tashkil etildi. Unda tashkilotchilar, sanʼatkorlar, Qarshi garnizoni harbiy orkestr jamoasi, yoshlar yetakchilari, oʼquvchilar, mahalla yoshlari ishtirok etdi.

 Tadbirda soʼzga chiqqanlar yoshlarning har biri alohida iqtidorga ega ekanligini taʼkidlab, islohotlarimiz haqida sodda va samimiy tilda tushuncha berishdi.

Kuy-qoʼshiqlar yangradi, harbiy chiqishlar namoyish etildi. Eng muhimi, yoshlar choʼl zonasida yashashiga qaramay, ularga koʼrsatilgan ushbu eʼtibordan katta motivatsiya olishdi