Teatr — ibratxona! Unga tushgan inson albatta buni his qiladi.

 Yillar davomida teatr yoshlar taʼlim-tarbiyasida katta maktab boʼlib xizmat qilgan.

 Bugun yoshlar oʼrtasida taetrlarimizga tashrifni koʼpaytirish, ularning maʼnaviy dunyoqarashiga ijobiy taʼsir etadigan spektakllar namoyishini tashkil etish ayni muddaodir. Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Milliy akademik drama teatri hamkorligida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy kechada ham shu maqsad ko'zlandi.

 Tadbirda tashkilotlar rahbariyati, davlat va jamoat vakillari, san'atkorlar, yoshlar, OАV xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Uzoq yillik tarixga ega teatrning mahoratli, ustoz ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Iymon” spektakli namoyishi yoshlar tomonidan munosib kutib olindi. Yig'ilganlar maroqli hordiq chiqarishdi.