Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Kuni kecha Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Maqsad — poytaxtda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish.

Shunday uchrashuvlardan biri Mirobod tumanida joylashgan 110-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda boʼldi.

 Hududda 58 ming nafardan ziyod yoshlar yashaydi. Dastavval tuman Kengashi tomonidan ushbu yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasbga yoʼnaltirish masalalarida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi. Koʼproq yoshlarni tinglash, hamkorlar bilan birgalikda hech bir yoshning muammosi ochiq qolmasligi haqida koʼrsatmalar berildi.

Shunda soʼng, tuman sardorlarining taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlar yetakchilari faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari haqida fikr-mulohazalar almashildi.

Tumanda yoshlar uchun ochiq, erkin muhitni yaratish boʼyicha kelishib olindi.

Eslatib oʼtamiz, tizimda bu kabi ochiq muloqotlar har kuni o'tkazilmoqda.