Navoiyda "Volontyorlar maktabi" faoliyatiga start berildi, siz ham jamoaga qo'shiling!

 Volontyorlik faoliyati moʼjizalar, savob amallarga boy. U har bir yoshni ulgʼaytiradi. Kuni-kecha Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda Navoiyda "Volontyorlar maktabi" faoliyatiga start berishdi. Tadbirda Oʼzbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi raisi Shirin Abidova ham mehmon boʼldi.

Trener volontyorlarga qiyin vaziyatlardan chiqish, jamoa ahilligining sirlarini amaliyotda oʼrgatdi. Uyda taʼlim oluvchi oʼquvchilarning holidan xabar olindi. Maktab oʼz oldiga qator vazifalarni belgilab oldi. Siz ham ushbu safda boʼling va bugunoq jamoaga qoʼshiling!