Uchqo‘rg‘onda 208 nafar ishsiz yoshlarga yer ajratildi 

Uchqo'rg'on tumanidagi 1-sektor hududidagi “Qo‘g‘ay”, “Namuna”, “Nurobod”, “Yangiobod”, “Ozod” va “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi “Yoshlar daftariga” kiritilgan 208 nafar ishsiz yoshlar bilan suhbat qurildi. Unda yoshlargaa sektor hududidagi fermer xo‘jaliklaridan jami 41,6 gektar yer maydoni foydalanish uchun ajratib berilib, maxsus sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari S.Tursunov, viloyat va tuman prokuraturasi xodimlari B.Mirzanazarov va M.Akbaraliyevlar ishtirok etib, davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozimligi va bu borada tuman hokimi Azimjon Vaxobov tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi.