Respublika ishchi guruhi Samarqand shahridagi yoshlar bilan ham uchrashdi

 Uchrashuvda Qonunchilik palatasi deputati O.Tojiyev, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A. Jumaboyev, mahalliy hokimlik vakillari hamda ma’sul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Samarqand shahri yoshlari tomonidan bildirilgan qator takliflar ijobiy qabul qilindi.

— Samarqand shahrida nemis tili fanidan Germaniya bilan hamkorlikda o‘quv kurslari tashkil etib, xalqaro darajadagi sertifikatlar oladigan markaz tashkil etish haqida bildirgan taklifim ma’qullandi, — deydi Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Hilola Rasulova. — Muloqot bizga manzur bo'ldi.

 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan 18 ta muammo, 12 ta taklif, 7 ta tashabbusning aksariyatiga joyida yechim berildi. Vaqt talab qiladigan masalalar esa manzilli dasturga kiritilib, ijrosi doimiy nazoratga olindi.