Yoshlar siyosati — davlat siyosatining ustuvor masalasiga aylandi

Аvval xabar berganimizdek, ayni damda joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar boshlangan.

Shunday muloqotlardan biri Nurobodda tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi aʼzolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.Tojiyev, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A.Jumaboyev va mahalliy hokimlik vakillari ishtirok etdi.

 Uchrashuv davomida yoshlar bandlik, imtiyozli kredit, uy-joy, taʼlim, AKT, ishlab chiqarish va boshqa masalalar bilan bogʼliq 25 ga yaqin taklif va muammolarni bildirdi. Аksar masalalar joyida hal etildi. Vaqt talab qiladigan masalalar manzilli dasturga kiritildi.

 Eng muhimi, yoshlar ularning taqdiri uchun hukumat qaygʼurayotgani va koʼmaklashayotganidan mamnun boʼlishdi.