Navbahorlik 20 nafar xotin-qiz ishli boʼldi

Аvval xabar berganimizdek, ayni kunlarda yoshlar siyosatiga masʼul tashkilotlar vakillaridan tuzilgan Respublika ishchi guruhi joylarga boʼlib, yoshlar bilan muloqotlar oʼtkazmoqda.

Shunday yoshlarni eshitishga qaratilgan ochiq muloqot Navbahor tumanida boʼlib oʼtdi hamda yoshlarning fikri tinglandi.

Jumladan, ochiq muloqot davomida tikuvchilikka qiziqqan va bugungi kunda yetarli malakaga ega boʼlgan 20 nafar yosh qizlar imtiyozli kredit olish va ish bilan taʼminlanishda amaliy yordam soʼrab murojaat qildi.

Yoshlar murojaatlari joyida qanoatlantirilib, mas'ullar tomonidan qizlarga tumandagi tikuv korxonalariga ishga joylashishlari uchun barcha sharoit yaratib berildi.