O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i tayinlandi

Eshquvvatov Jaloliddin Faxriddinovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 J.Eshquvvatov bugunga qadar Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan. Tashabbuskor, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega.

 Yoshlar ittifoqi jamoasi Jaloliddin Faxriddinovichning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilaydi.