Vazirlik, idoralarning rahbariyati joylarga chiqib, yoshlarning muammolarini hal qilmoqda

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika boʼylab Oʼzbekiston Prezidenti Murojaatnomasi va “Yoshlar forumi”dagi nutqining targʼiboti va ularda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha seminarlar, ochiq muloqotlar oʼtkazilmoqda. Аmaliy ishlar yoʼlga qoʼyilmoqda.

 Аyni kunlarda yoshlar siyosatiga masʼul vazirlik, idoralar rahbarlari oʼzlari joylarga chiqib, qator tumanlarning yoshlari bilan suhbatlashmoqda.

 Jumladan, Kogon shahrida tashkil etilgan uchrashuvda 320 nafar yosh ishtirok etdi. Yoshlar tomonidan 36 ta turli yoʼnalishlardagi taklif va muammolar ilgari surildi. Tegishli sohalar rahbarlariga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi. Takliflar esa manzilli dasturlarga kiritilmoqda.

Bu kabi ochiq muloqotlar viloyatning Jondor, Romitan, Shofirkon, Olot, Qorako'l tumanlarida ham tashkil etildi.