I Xalqaro bolalar onlayn Konferensiyasi: “Bola huquqlarini himoya qilishdagi kamchiliklar, muammo va yechim”

 “Yoshlar ijod saroyi”da 20-noyabr — Xalqaro bolalar Konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Bola huquqlarini himoya qilishdagi kamchiliklar, muammo va yechim” mavzusida I Xalqaro bolalar onlayn Konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiyaning Markaziy studiyasida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Bosh Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta'lim vazirliklari, YUNISEF, Yoshlar ishlari agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbarlari, jurnalist va blogerlar hamda hududlardan tashrif buyurgan “Kamalak” bolalar tashkilotining faol Sardorlari ishtirok etdi.

 Shuningdek, xorijiy onlayn studiyalarda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Ukraina, Belorusiya va Qozog‘iston davlatidagi vakillari ham onlayn bog'lanishdi.