Yoshlar masalalari bo'yicha mas'ul rahbarlar qashqadaryolik yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Qarshi shahridagi "Yoshlar markazi"da Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat yoshlari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. O'z startapi uchun 50 000$ grant yutib olgan "ROBOTEACH" jamoasi o'z loyihalari haqida batafsil ma'lumot berib, viloyat yoshlarini zamonaviy kasblarga yo'naltirish bo'yicha o'z takliflarini berib o'tishdi.

Tashrif davomida markazda tashkil etilgan zamonaviy kutubxona faoliyati bilan tanishib, yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun sharoitlarni yaxshilash borasida rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka yo'naltirish, ularga amaliy ko'mak berish maqsadida har bir tuman va shaharlarda tashkil etilayotgan "Yoshlarga tadbirkorlik ko'nikmalarini o'rgatish" to'garaklari haqida yoshlarga ma'lumot berildi.