O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining videokonfrensaloqa tarzida birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining videokonfrensaloqa tarzida birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev Yoshlar parlamenti a’zolarini samimiy qutlab, turli yo‘nalishlarda Vatanga sadoqat bilan ishlayotgan, ta’lim olayotgan, tashabbuskor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga, keng dunyoqarash va chuqur bilim hamda liderlik salohiyatiga ega o‘g‘il-qizlar ushbu tuzilmadan joy olganini ta’kidladi.

Yig'ilishda kun tartibidagi masala – Yoshlar parlamenti raisi lavozimiga Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilhom qizi nomzodi ko‘rib chiqilib, bir ovozdan tasdiqlandi.