Andijonda 480 nafar ko'ngilli yoshlar aholiga ko'mak bermoqda

Andijon viloyati homiylik, xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazi tomonidan bugungi sinovli damlarda aholiga yaqindan ko‘mak berib kelmoqda.
Markazda doimiy tarzda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashining 480 nafar volontyorlari (ko‘ngilli yoshlar) ixtiyoriy asosda faoliyat olib bormoqdalar.

Aholini murojaatlari bilan tizimli ishlash va manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida ochilgan “Call-markaz”ning 1197 qisqa raqami soat 9:00 – 17:00 oralig‘ida muntazam ishlamoqda.

Bugungi kunga kelib aholi tomonidan “Call-markaz”ga jami 1450 dan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar elektron dastur orqali har bir tuman bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlarga yuborilmoqda. Viloyat bo‘yicha manzilli ro‘yxat asosida aholi uchun zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari 16 ta yuk tashish mashinalari orqali mingga yaqin xonadonlarga yetkazib berildi.