O'zbekistonlik yoshlar “Dakka shahri – Islom hamkorlik tashkiloti yoshlari poytaxti 2020” dasturi ochilishida ishtirok etdi

“Dakka shahri – Islom hamkorlik tashkiloti yoshlari poytaxti 2020” dasturi Bangladesh Bosh vaziri Sheyx Hasina xonim tomonidan tantanali ravishda ochiq deb e’lon qilindi.

Bangladesh elchixonasi taklifiga binoan, 27-iyul sanasida “Dakka shahri – Islom hamkorlik tashkiloti yoshlari poytaxti-2020” dasturi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarning ochilish marosimida O‘zbekiston yoshlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumi prezidenti Taha Ahyan, Bangladesh va Saudiya Arabistoni Qirolligi Tashqi ishlar vazirlari hamda Bangladesh, Qatar va Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirlari, shuningdek boshqa yuqori martabali hukumat vakillari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun: Mazkur dastur 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, yoshlar siyosati sohasiga oid videokonferensiya shaklidagi o‘ndan ortiq mega tadbirlar kiritilgan.