80 nafar yangiqo'rg'onlik yoshlarga bepul yer berildi

Yoshlar bandligini ta’minlash, yosh oilalarga yer ajratish bo‘yicha respublikamiz bo'ylab bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati hokimligi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi va Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi bilan hamkorlikda 80 nafar yoshga 30 sotixdan yer berildi.

Ularga yerga egalik qilish bo‘yicha viloyat hokimining sertifikatlari ham topshirildi. Ushbu yerlar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlarga 49 yilga bepul beriladi. O‘rmon xo‘jaligi viloyat boshqarmasi tomonidan hudud sharoitiga qarab olxo‘ri ko‘chatlari ekib beriladi.