Nargiza Baltabayeva Qozog‘istonda "MDHning eng yaxshi talabasi-2020" xalqaro tanlovida faxrli I o‘rinni egalladi

Yurtimiz sha'nini munosib himoya qilib, ulkan yutuqlarga erishayotgan yoshlarni sizga tanishtirishdan mamnunmiz!

Qoraqalpoq davlat universitetining Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti bitiruvchisi Nargiza Baltabayeva Qozog‘istonning Nursultan shahrida o‘tkazilgan «MDHning eng yaxshi talabasi-2020» xalqaro tanlovida faxrli I o‘rinni egalladi.

Qahramonimiz shu kunga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari sovrindori bo'lgan.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Nargiza Baltabayevani munosib g'alaba bilan tabriklaydi va qobiliyatli, salohiyatli yoshlar safi yanada kengayishiga ishonch bildiradi!