Koronavirusga chalingan bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlovchi mobil ilova ishlab chiqildi

Koronavirusga chalingan bemor bilan oxirgi 14 kun ichida aloqada bo‘lgan shaxslarni tezkor aniqlash va karantinga olishni samarali tashkil etishga yordam beruvchi "Birga Yengamiz" mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Mobil ilova yordamida ma’lumotlarni olish internet aloqasini talab qilmaydi, balki, mobil qurilmada Bluetooth aloqa kanali yordamida amalga oshiriladi. Mobil ilova telefondagi shaxsiy ma’lumotlarga daxl qilmaydi, ko‘chirib olmaydi va tarqatmaydi.

 Mobil ilovani Android va iOS tizimlari boshqaruvidagi barcha mobil telefonlarga o‘rnatish mumkin va foydalanish mutlaqo bepul.