Bir guruh ko'ngilli yoshlar call-markazda faoliyat yuritishmoqda!

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz orasida yoshlarning ham borligi quvonarli hol. Aynan shunday tashabbuskor, Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashining ko'ngilli yoshlaridan iborat jamoa hozirda viloyatda tashkil etilgan call-markazda ish olib bormoqdalar.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi aholi murojaatlarini qabul qilish va zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda ko'maklashayotgan yosh jonkuyarlarga kuch-g'ayrat tilaydi!