"Yoshlar oyligi" da “Eng yaxshi talaba maqolasi” tanlovi g'oliblari aniqlandi

2020-yilning may oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari va magistrantlari o‘rtasida “Eng yaxshi talaba maqolasi” mavzusida onlayn-tanlov e’lon qilgan edi.

Jami 150 nafar talaba ishtirok etgan tanlovda SMTI va O‘YI vakillaridan iborat ekspert komissiyasining puxta saralash natijasiga ko‘ra, quyidagi 5 nafar maqola muallifi g‘olib deb topildi.

Unda 1- o'rinni Toshkent  davlat yuridik universiteti talabasi Sh.Mingboev, 2-o'rinni  Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi O.Xidirov, 3-o'rinni  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi B.Usmonovlar egalladi. 

4-o'rinni esa Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi  A.Kenjayev,  5-o'rinni O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi talabasi U.Turopovlar qo'lga kiritdi. G'oliblarga Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Yoshlar ittifoqining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshiriladi. Shuningdek, ularning maqolalarini milliy ommaviy axborot vositalarida chop etish rejalashtirilmoqda.