Farg'ona shahrida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Farg'ona shahridagi "Yoshlar bog'i"da karantin qoidalariga amal qilgan holda 30-iyun –Yoshlar kuni munosabati bilan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda shahar hokimi, 4 ta sektor rahbarlari, shahar XTB, shahar maktablarining oltin-kumush medallari sohiblari bo'lgan bitiruvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Oltin va kumush medal sohiblariga va muddatidan oldin talaba bo'lgan o'quvchilarga shahar hokimligining fahriy yorliqlari, tashakkurnomalari va kitoblar to'plami sovg'a sifatida taqdim etildi.