Navoiyda "Biz – siz bilan!" shiori ostidagi uchrashuvlar o'tkazilmoqda


30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan Navoiy viloyatida xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Falsafa fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, Xalqaro toifadagi Spiker, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Jamila Shermuhammedova ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, bugun Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da “Biz – siz bilan!” shiori ostida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, loyiha doirasida Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan ayrim sabablarga ko‘ra farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olmagan ota-onalarning 11 nafar farzandiga guvohnomalar olib berildi .

Tadbir yakunida bolajonlarga tashkilotning esdalik sovg'alari ulashildi.