Direktor.uz masofaviy kursini muvaffaqiyatli tugatib, Yoshlar ittifoqining sinov amaliyoti dasturida ishtirok etgan faol yoshlar taqdirlandi

Global money week 2020 doirasida Direktor.uz masofaviy kursini muvaffaqiyatli tugatgan hamda Yoshlar ittifoqining sinov amaliyoti dasturida ishtirok etgan faol yoshlar taqdirlandi.

Xalqaro moliyaviy savodxonlik haftaligi (GMW2020) doirasida e'lon qilingan tanlovda 1000 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi va eng yuqori natijalarni qo'lga kiritgan yoshlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan 4 oylik sinov amaliyot dasturida o‘zining faolligi va tashabbuskorligi uchun 20 nafar yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir yakunida amaliyot dasturlarini o'zida jamlaydigan stajirovka.uz onlayn platformasining taqdimoti ham bo'lib o'tdi.