"Kitob karvoni"ning navbatdagi manzili Toshkent viloyati bo‘ldi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Ijod» fondi homiyligida nashr etilayotgan kitoblar besh muhim tashabbus doirasida respublikamiz bo‘ylab kitobxonlarga yetkazib berib kelayotir.

Yozuvchilar uyushmasi "Kitob karvoni"ning navbatdagi manzili Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga bo‘ldi. Uyushma tomonidan tumandagi Axborot kutubxona markaziga 3000 dona kitob sovg‘a qilindi. Adabiyotlarni topshirishga bag‘ishlangan "Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi" mavzusidagi adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid, Bo‘ka tumani hokimi Nizomiddin Abbosov hamda umumta’lim maktablarini oltin va kumush medal bilan tamomlagan o‘quvchilar ishtirok etdi. Maktabni a’lo baholarga bitirgan yoshlarga Yozuvchilar uyushmasi va tuman hokimligi tomonidan ham kitoblar sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining "Kitob karvoni" yangi manzillar sari yurishda davom etadi.